28 jan 08:22
Yangiliklar
Tennis

SHarapova Piterda Medvedev bilan uchrashuv o'tkazdi
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova 300 tomoshabin ko'z o'ngida Medvedevga qarshi kortga chiqdi.
Aniqrog'i, u mashg'ulotdan so'ng Sankt-Peterburg shahridagi “Sibur Arena”da bugundan start olaligan Piter turniri direktori Aleksandr Medvedev bilan ko'rgazmali uchrashuv o'tkazdi.
Arenaga yig'ilgan 300 tomoshabin ko'z o'ngida o'tgan o'ziga xos o'rtoqlik uchrashuvida SHarapova direktorni ayab o'tirmadi va 10:1, 10:2 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bahs supertay-breyk formatida o'tkazildi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar