17 may 07:55
Yangiliklar
Tennis
SHarapova Rimda yutib turgan o'yinini yakuniga etkaza olmadi
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova Rimda davom etayotgan nufuzli turnirning ikkinchi davrasida o'z yurishini to'xtatdi.
Masha xorvatiyalik Miryana Luchichga qarshi kechgan uchrashuvni yakuniga etkaza olmadi. Asosiy to'rga imtiyozli ravishda qo'yilgan SHarapova uchinchi setning uchinchi geymidan so'ng jarohati sabab bahsni davom ettira olmasligini malum qildi.
Bir soatu 45 daqiqa davom etgan uchrashuvning birinchi setida Luchich 6:4 hisobida g'alaba qozondi. Ikkinchi set 6:3 hisobida Mariyaga foydasiga hal bo'ldi. Uchinchi setda SHarapova 2:1 hisobida oldinga chiqib olgan edi.
WTA. Rim (Italiya). Grunt.
Sovrin jamg'armasi – 2 775 745 AQSH dollari
Miryana Luchich (Xorvatiya, 16) – Mariya SHarapova (Rossiya, W) – 6:4, 3:6, 1:2 – rad
Havola :
Fikrlar