05 jan 16:20
Yangiliklar
Tennis

SHarapova SHenchjenda yarim finalda yutqazdi
Rossiyalik tennischi Mariya SHarapova Xitoyning SHenchjen shahrida bo'lib o'tayotgan turnirda yarim final o'yinini o'tkazdi.
Dunyoning 60-raqamli tennischisi hisoblangan Masha finalga chiqish uchun chexiyalik Katerina Sinyakovaga qarshi o'yin o'tkazdi.
1 soat 55 daqiqa davom etgan o'yinda SHarapova raqibiga 2:6, 6:3, 3:6 hisoblarida yutqazdi.
Sinyakova endi finalda dunyoning birinchi raqamli tennischisi Simona Xalepga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar