02 okt 10:10
Yangiliklar
Tennis

SHarapovaning ikkinchi davradagi raqibasi rossiyalik tennischi
Xitoy poytaxti Pekin shahrida tennis bo'yicha nufuzli China Open turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova kichik jarohatdan so'ng yana kortga qaytdi. Dunyo reytingida 104-o'rinni egallab turgan SHarapova ilk davrada dunyoning 18-raketkasi latviyalik Anastasiya Sevastovani 3 soatu 6 daqiqa davom etgan bahsda 7:6(3), 5:7, 7:6(7) hisobida mag'lub etgandi.
SHarapovaning ikkinchi bosqichdagi
raqibasi uning hamyurti Ekaterina Makarova bo'ladi. Mariya dunyo reytingida 104,
Ekaterina esa 35-o'rinni egallab turibdi. SHarapova - Makarova uchrashuvi ertaga
bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi.
Havola :
Fikrlar