29 avg 13:49
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
SHarif Xalilov – ikki karra Paralimpiya o'yinlari sovrindori!
Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlarining beshinchi kunidagi dastlabki medal para dzyudochimiz tomonidan qo'lga kiritildi.
Erkaklar o'rtasida -100 kg vazn toifasida o'tkazilgan bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilgan tajribali para dzyudochimiz SHarif Xalilov Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarining bronza medaliga ega chiqdi. SHarif bronza medali uchun kechgan bellashuvda braziliyalik Tenerio da Silvani qo'shimcha daqiqalardagi ippon bahosi evaziga mag'lub eta oldi.
Malumot uchun, SHarif Xalilov 2012 yil Londonda bo'lib o'tgan Paralimpiya o'yinlarida kumush medalga sazovor bo'lgan edi.
Ushbu g'alabadan so'ng delegaciyamiz hisobidagi medallar soni 12 taga etdi: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar