30 iyu 08:55
Yangiliklar
Tennis

SHaripova 2 daqiqasi kam 3 soat davom etgan bahsda mag'lub bo'ldi
Istedodli tennischimiz Sabina SHaripova AQSHning Leksington shahrida yakuniga etib borayotgan turnirdagi ishtirokini to'xtatdi.
Hamyurtimiz mukofot jamg'armasi 50 ming dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning chorak final uchrashuvida gollandiyalik mashhur tennischi Mikaela Kraychekka uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ikki daqiqasi kam 3 soat davom etgan uchrashuvda Kraychek 7:6(3), 1:6, 7:6(2) hisobida zafar quchdi. 27 yoshli Mikaela o'z vaqtida dunyo reytingida 30-o'ringacha ko'tarilgan. Ayni paytda 196-pog'onani band etgan. Sabina esa 197-o'rinni egallab turibdi.
Eslatib o'tamiz, Sabina SHaripova yakkalikning ilk davrasida amerikalik Jenifer Elieni 6:2, 6:4, ikkinchi bosqichda esa yana bir mezbon tennischi Francheska Di Lorenconi 2:6, 7:6(3), 6:1 hisobida mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar