19 dek 07:45
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Anqaradagi turnirda, ilk raqib mezbon tennischi
Bugun Turkiyaning Anqara shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etadi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi asosiy to'r bahslarida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. SHaripova turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan.
Qura natijasiga ko'ra, hamyurtimiz ilk davrada turkiyalik CHengiz Berfuga qarshi kortga chiqadi. Mezbon tennischi asosiy to'rda imtiyozli yo'llanma asosida harakat qiladi.
Sabina o'tgan hafta BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tgan turnirda ishtirok etib, chorak finalga qadar etib borgan edi. U ikkinchi bosqichda yana bir tennischimiz Nigina Abduraimovani mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar