21 dek 18:25
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Anqaradagi turnirning yakkaligida mag'lubiyatga uchradi
Turkiyaning Anqara shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etyapti.
Afsuski, mamlakatimizning birinchi raketkasi ikkinchi davra uchrashuvida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Rossiyalik Vitaliya Dyatchenkoga 3:6, 5:7 hisobida yutqazib qo'ydi.
Malumot uchun, Sabina SHaripova ilk bosqichda turkiyalik Berfu CHengio'ni 3:6, 7:6(6), 6:3 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar