25 apr 11:20
Yangiliklar
Tennis

SHaripova BNP Paribas Istanbul Cup asosiy to'riga chiqa olmadi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Turkiyaning Istambul shahrida start olgan turnirning asosiy to'riga chiqa olmadi.
Sabina sovrin jamg'armasi 226,750 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqaning saralash turnirida shveycariyalik Konni Perrenga 0:6, 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Vaholanki, dunyo reytingida 138-o'rinni egallab turgan SHaripova
saralash turnirining ikkinchi raketkasi sifatida qayd etilgandi. Perren esa WTA reytingida
216-pog'onasidan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar