02 mar 08:24
Yangiliklar
Tennis

SHaripova chorak finalga chiqa olmadi
Birinchi raqamli tennischimiz Sabina SHaripova Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida davom etayotgan WTA turnirining ikkinchi davrasiga yo'l olgan edi.
Istedodli tennischimiz asosiy to'rning ikkinchi bosqich uchrashuvini o'tkazadi. Hamyurtimizning raqibi gollandiyalik Lesli Kerkxove bo'ldi. Bahsda o'zbekistonlik tennischi 4:6, 4:6 hisobida mag'lub bo'lib musobaqani tark etdi.
Taqqoslash uchun, SHaripova dunyo reytingida 155, 25 yoshli Kerkxove esa 195-o'rinni egallab turibdi. Sabina ilk bosqichida Xitoy Taypeyi vakilasi Se SHuveyni 7:5, 5:7, 6:1 hisobida taslim etgandi. Su dunyo reytingida 98-o'rinni band etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar