05 sen 17:04
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Dalyandagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Xitoyning Dalyan shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi musobaqaning sovrin jamg'armasi 115 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz 2 soatu 12 daqiqa davom etgan ilk davrada xitoylik CHjen Vushuanga qarshi kortga chiqib, 6:1, 3:6, 7:5 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, SHaripova dunyo reytingida 159, xitoylik
tennischi 656-o'rini egallab turibdi. Sabina ertaga ikkinchi bosqich uchrashuvida
xorvatiyalik Yana Fettga qarshi kortga chiqadi. Fett WTA reytingida
131-pog'onadan joy
olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar