07 sen 15:26
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Dalyandagi turnirda chorak finalga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Xitoyning Dalyan shahrida o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi musobaqaning sovrin jamg'armasi 115 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz bundan bir necha daqiqa avval chorak final chiptasi uchun xorvatiyalik Yana Fettga qarshi kortga chiqdi.
Bir daqiqasi kam 2 soat davom etgan uchrashuvda Sabina kuchli raqibasini 6:4, 4:6, 6:2 hisobida mag'lub etib, chorak finalga yo'llanma oldi. Endi SHaripova rossiyalik mashhur tennischi Vera Zvonareva bilan hisob-kitob qiladi.
Taqqoslash uchun, SHaripova dunyo reytingida 159, Fett 131-pog'onadan joy olgan. Sabinaning yarim final ostonasidagi raqibasi bo'lgan Zvonareva esa 623-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar