15 dek 15:40
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Dubaydagi turnirning yakkaligida yarim finalga chiqa olmadi
BAAning Dubay shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Ushbu musobaqada ishtirok etayotgan mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova chorak finalda o'z yurishini to'xtatdi. Gollandiyalik Lesli Kerxovega qarshi kortga chiqqan Sabina raqibasiga 2:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Malumot uchun, Sabina birinchi bosqichda xorvatiyalik Yana Fettni 7:5, 6:3, ikkinchi davrada yana bir hamyurtimiz Nigina Abduraimovani 6:4, 6:3 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar