07 okt 11:36
Yangiliklar
Tennis
SHaripova Gonkongdagi WTA International turniri finaliga chiqdi
Gonkongda tennis bo'yicha WTA International turkumidagi turnirning saralash bahslari yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi saralash musobaqasining birinchi bosqichida rossiyalik Marina Melnikovani 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etgandi.
Bugun SHaripova asosiy to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvda xitoylik Lu Czyaczinga qarshi kortga chiqdi va kuchli raqibasidan 6:3, 6:1 hisobida ustun keldi. Lu kecha saralashning birinchi raqamli tennischini mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar