14 sen 10:05
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Guyayn turniri juftligida finalga chiqdi
Xitoyning Guyayn shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollaridan iborat turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi turnirning juftliklar bahsida finalga chiqdi.
Belaruslik Lidya
Morozova bilan birga birinchi raqamli juftlikni hosil qilgan vakilamiz yarim
finalda turnirning uchinchi raqamli juftligi, xitoylik tennischilar - Xanyu Guo va
YU Yega qarshi kortga chiqishdi.
Bir soatu 18 daqiqa
davom etgan uchrashuvda SHaripova va Morozova raqibalarini 6:3, 3:6, tay-brekda
12:10 hisobida mag'lub etishdi. Ularning finaldagi raqibalari birozdan so'ng malum
bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar