16 sen 08:25
Yangiliklar

SHaripova Guyayn turniri yakkaligida finalga chiqdi
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Yurtimizning birinchi raqamli tennischisi turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qilmoqda.
Hozirgina vakilamiz final chiptasini qo'lga kiritdi. SHaripova yarim final uchrashuvida xitoylik tennischi Janlan Veyga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 11 daqiqa davom etgan bahsda SHaripova 6:3, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Sabinaning finaldagi raqibasi belaruslik Lidiya Marozova bo'ladi. Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan Marozova yarim finalda turnirning birinchi raketkasi, amerikalik Bernarda Perani 6:4, 7:6(3) hisobida mag'lub etdi. Sabina aynan Lidiya bilan birga juftlikda bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi.
Fikrlar