15 sen 08:38
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Guyayn turniri yakkaligida yarim finalga chiqdi
Xitoyning Guyayn shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollaridan iborat turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Yurtimizning birinchi raqamli tennischisi turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qilmoqda.
Hozirgina vakilamiz yarim final chiptasini qo'lga kiritdi. SHaripova chorak final uchrashuvida xitoylik Ksyu Liu Sanga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 20 daqiqa davom etgan bahsda Sabina raqibasini 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Malumot uchun, Sabina birinchi davrada yaponiyalik Miyabi Inouen 6:4, 6:7(8), 6:3, ikkinchi bosqichda xitoylik Jiaksi Luni 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar