30 avg 15:05
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Guyyandagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Xitoyning Guyyan shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Ushbu musobaqada ikki tennischimiz Nigina Abduraimova va Sabina SHaripova ham ishtirok etyapti. Nigina birinchi, Sabina ikkinchi raqam ostida tasniflangan.
Hozirgina yakuniga etgan birinchi bosqich uchrashuvida Sabina SHaripova g'alabaga erishdi. Vakilamiz mezbon raketka ustasi Xao CHen Tangga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 38 daqiqa davom etgan uchrashuvda Sabina raqibasini 6:1, 4:6, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
SHaripovaning ikkinchi davradagi raqibasi Xitoy Taypeyi tennischisi Syuy Czeyuy bo'ladi. Bu tennischi dunyo reytingida 469-o'rinni egallab turibdi. Sabina esa 187-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar