02 sen 11:38
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Guyyandagi turnirning yarim finaliga chiqdi
Xitoyning Guyyan shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu musobaqada ikki tennischimiz Nigina Abduraimova va Sabina SHaripova ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Nigina turnirda birinchi, Sabina esa ikkinchi raqam ostida tasniflangan.
Hozirgina yakuniga etgan chorak final uchrashuvida Sabina SHaripova turnirdagi uchinchi g'alabasiga erishdi. Vakilamiz 1 soatu 25 daqiqa davom etgan bahsda xitoylik Xinyu Gaoni 7:5, 6:1 hisobida taslim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar