14 apr 11:55
Yangiliklar
Tennis

SHaripova juftlik bahslarida ham mag'lubiyatga uchradi
Turkiyaning Istambul shahri mezbonlik qilayotgan tennis turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 60 000 dollarni tashkil qiluvchi mazkur musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etayotgandi. Yakkalik bahslarida ikkinchi raqam ostida harakat qilgan Sabina chorak finalda belaruslik tennischiga yutqazgan edi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi endi juftlik bahslaridagi ishtirokini ham yakunladi.
Rossiyalik Ekatirina Yashina bilan tandem hosil qilgan Sabina chorak finalda turnirning birinchi raqamli juftligi - turkiyalik Ipek Soylu va rossiyalik Veronika Kudermetova hamkorligiga 5:7, 6:4, tay-brekda 6:10 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar