09 sen 09:55
Yangiliklar
Tennis

SHaripova “Katta Dubulg'a” turnirlarining 4 karra g'olibasiga qarshi kortga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Xitoyning Dalyan shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etayotgan edi.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 115 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz chorak final uchrashuvida rossiyalik kuchli tennischiga qarshi kortga chiqdi.
Uning raqibasi “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 4 karra g'olibasi, Olimpiada-2008 vice-chempioni Vera Zvonareva bo'ldi. SHaripova dunyo reytingida 159, Zvonareva esa 623-o'rinni egallab turgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar