28 fev 22:05
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Malayziyada TOP-100talikdagi tennischini mag'lub etdi
Birinchi raqamli tennischimiz Sabina SHaripova Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida davom etayotgan WTA turnirining asosiy to'ridagi ishtirokini ham g'alaba bilan boshladi.
Bugun istedodli tennischimiz asosiy to'rning ilk bosqichida Se SHuveyga qarshi kortga chiqdi. Xitoy Taypeyilik bu tennischi dunyo reytingida 98-o'rinni egallab turibdi. Sabina esa 155-pog'onani band etgan.
Uch set davom etgan uchrashuvda tennischimiz kuchli raqibasini 7:5, 5:7, 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. SHaripova saralash bahslarida malayziyalik Teyviyo Selvarajja va gollandiyalik Sindi Byurgerdan ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
sababi adminla tennis muxlislariga tupurib qo'ydim demoqchi))) xaxxa