25 fev 13:44
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Malayziyadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida start olgan WTA turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Istedodli tennischimiz ushbu musobaqaning saralash bahslarida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Sabinaning raqibi malayziyalik tennischi Teyviyo Selvarajju bo'ldi.
Hozirgina yakuniga etgan bahsda SHaripova raqibasini 6:1, 6:2 hisobida mag'lub etdi. Uning asosiy to'rga beriladigan uchrashuvdagi raqibasi gollandiyalik Sindi Byurger bo'ladi.
Malumot uchun, SHaripova dunyo reytingida 137-o'rinni egallab turibdi. Byurger esa 160-pog'onadan joy olgan. Sabina saralashda 2, Sindi 9-raqam ostida tasniflangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar