26 iyu 11:42
Yangiliklar
Tennis
SHaripova Nontaburi turniridagi ishtirokini yakunladi
Tailandning Nontaburi shahrida tennis bo'yicha ITF toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etayotgandi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi turnirda beshinchi raqam ostida harakat qilayotgan edi.
Afsuski, hozirgina yakuniga etgan chorak final uchrashuvda Sabina mag'lubiyatga uchrab, turnirni tark etdi. SHaripova turnirning ikkinchi raketkasi, xitoylik Ksyunga 3:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar