23 iyu 07:17
Yangiliklar
Tennis
SHaripova Nontaburidagi turnirda 5-raqamda saralandi
Tailandning Nontaburi shahrida tennis bo'yicha ITF toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etadi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi ham yakkalik, ham juftlik bahslarida o'z mahoratini namoyish etadi.
Qura natijasiga ko'ra, Sabinaning yakkalik bahslari ilk davrasidagi raqibasi asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan tailandlik Titirat Kanapuet bo'ladi. SHaripova Tailand tennisi afsonasi Tamarin Tanasugarn bilan birga juftlikda turnirning birinchi raqamli juftligi - yaponiyalik Akiko Omae hamda Pingtarn Plipuchga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar