18 okt 10:10
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Sujou turniri juftligidagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning Sujou shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Hamyurtimiz juftliklar musobaqasining ilk davrasida amerikalik dugonasi Kako Jakyulin bilan birga tailandliklar tennischilar – Nicha Lertpitaksinchay hamda Pingtarn Plipuech hamkorligini ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida mag'lub etishdi.
Tailandlik tennischilar juftligi turnirda to'rtinchi raqamli juftlikni xosil qilgandi. Endi Sabina va Kako chorak finalda xitoylik tennischilarga qarshi kortga chiqishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar