15 apr 08:16
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/36958_220.jpg)
SHaripova Turkiyada bosh mukofot sohibasiga aylandi+FOTO
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Turkiyaning Istambul shahrida o'tkazilgan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qildi. Hamyurtimiz bosh sovrin uchun kechgan final uchrashuvida rossiyalik Elena Ribakinaga qarshi kortga chiqdi. Ushbu bahsda SHaripova 7:6(0), 6:4 hisobida zafar quchdi va bosh mukofot sohibasiga aylandi.
Taqqoslash uchun, Sabina SHaripova dunyo reytingida 217, Elana Ribakina esa 255-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro bir bor to'qnash kelishgan. SHu yilning 28 yanvar kuni o'tkazilgan o'sha bahsda Ribakina g'alaba qozongandi. Bu borada hisob tenglashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar