11 apr 18:16
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Turkiyadagi turnirda chorak finalga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Turkiyaning Istambul shahrida o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etyapti.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz asosiy to'rning dastlabki ikki uchrashuvida g'alabaga erishib, chorak finalga yo'l oldi.
Sabina avvaliga chexiyalik Petra Kreysaovani 6:4, 6:2 hisobida mag'lub etdi. Keyin slovakiyalik Kristina Kuchovadan 6:7(4), 6:2, 6:3 hisobida ustun keldi. SHaripovaning chorak finaldagi raqibasi serbiyalik Olga Danilovich bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar