27 iyu 00:01
Yangiliklar
SHaripova “Uimbldon” yarim finalida yana uch setlik bahs o'tkazdi
Musobaqaning xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi bahslarida ishtirok etgan yagona vakilamiz Sabina SHaripova ikkinchi davra uchrashuvida kortga chiqdi. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennis malikasi amerikalik Kristina Makxeylga qarshi bahs olib bordi.
Biroz avval yakunlangan uchrashuv 2 soatu 8 daqiqa davom etdi. Birinchi set 6:3 hisobida Sabina foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setda Kristina 7:5 hisobida zafar quchdi. Hal qiluvchi uchinchi setda tajribali Makxeyl 6:2 hisobida g'alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, Makxeyl WTA reytingida 109, SHaripova esa 215-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro to'qnash kelishmagan edi. Sabina ilk bosqichda reytingning 149-pog'onasidan joy olgan slovakiyalik Kristina Kucovani 6:1, 3:6, 7:5 hisobida mag'lub etgandi.
Fikrlar