13 mar 14:27
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Xitoy turnirining ilk davrasida kortga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning SHenjen shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etayotgandi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz o'z ishtirokini saralash bahslaridan boshlagandi. U saralash turnirida zafar quchib, asosiy to'rga yo'llanma olgan edi. Bugun u ilk davra uchrashuvida kortga chiqdi.
Uning raqibasi Dalila Yakupovich bilan bo'ldi. Sabina Dalilaga birinchi setdagina qarshilik ko'rsatdi. Ikkinchi setda bitta ham geymni o'z foydasiga hal qila olgani yo'q - 5:7, 0:6. SHaripova dunyo reytingida 223, Yakupovich esa 171-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar