19 apr 11:24
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Xitoydagi musobaqada ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning CHjenchjou shahrida mukofot jamg'armasi 125 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada ishtirok etayotgandi.
Hamyurtimiz turnirning birinchi bosqichida tailandlik Peangtarn Plipuekka qarshi kortga chiqqan va 2 soatu 9 daqiqa davom etgan bahsda 4:6, 6:2, 7:6 hisobida g'alaba qozongan.
Tennischimiz hozirgina yakuniga etgan ikkinchi davra uchrashuvida mezbonlar vakilasi Van Yafanga qarshi kortga chiqdi. Yafan musobaqada to'rtinchi raqam ostida saralangan edi. Uchrashuvda tajribali Van 6:1, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, Sabina SHaripova dunyo reytingida 184, Van Yafan esa 98-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar