02 mar 12:18
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Xitoydagi turnirda chorak final bahsini o'tkazdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning Ksiamen shahri mezbonlik qilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. SHaripova ushbu turnirning birinchi raqamli tennischisi sifatida harakat qilyapti. Bundan bir necha daqiqa avval Sabina chorak final uchrashuvida kortga chiqdi.
Uning raqibasi xitoylik Ao Gay bo'ldi. Uch set davom etgan bahsda Sabina mezbon tennischini 7:6, 5:7, 6:2 hisobida mag'lub etib, yarim finalga chiqdi. Hamyurtimiz dunyo reytingida 191, Gay esa 539-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar