28 fev 12:52
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Xitoydagi turnirda chorak finalga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning Ksiamen shahri mezbonlik qilayotgan turnirda ikkinchi g'alabasiga erishdi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. SHaripova ushbu turnirning birinchi raqamli tennischisi sifatida harakat qilyapti.
Hamyurtimiz ilk davrada xitoylik Jiyu Sanni 6:3, 6:0 hisobida mag'lub etgandi. Bugun u 1 soatu 18 daqiqa davom etgan ikkinchi bosqichda yana bir CHin yurti vakilasi SHuo Fengdan 6:3, 6:3 hisobida ustun keldi va chorak finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar