27 fev 16:31
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Xitoydagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning Ksiamen shahri mezbonlik qilayotgan turnirni g'alaba bilan boshladi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. SHaripova ushbu turnirning birinchi raqamli tennischisi sifatida harakat qilyapti.
Qura natijasiga ko'ra, hamyurtimiz ilk davrada xitoylik Jiyu Sanga qarshi kortga chiqib, raqibasini 6:3, 6:0 hisobida mag'lub etdi. Sabinaning ikkinchi bosqichdagi raqibasi SHuo Feng bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar