12 mar 10:19
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Xitoydagi turnirning asosiy to'riga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning SHenjen shahrida o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz o'z ishtirokini saralash bahslaridan boshlagandi. Hozirgina u asosiy to'r yo'llanmasi uchun kortga chiqdi.
Saralash turnirining oltinchi raketkasi hisoblangan Sabina germaniyalik Sara-Rebekka Sekulichga qarshi kortga chiqdi va raqibasini 6:4, 6:1 hisobida mag'lub etdi. Endi u asosiy to'rning ilk davrasida slovakiyalik Dalila Yakupovich bilan uchrashadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar