26 iyu 08:26
Yangiliklar
Tennis
SHaripova Xitoydagi turnirning juftligida kortga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Xitoyning Nanchang shahri mezbonlik qilayotgan WTA turniridagi ishtirokini yakunladi.
Yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida turnirning ikkinchi raketkasi xitoylik Van Cyanga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy bergan hamyurtimiz kecha juftlik bahsida ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Karman Kaur Tandi bilan juftlik hosil qilgan SHaripova mezbon tennischilar - Jiang va Tang hakorligiga 1 soatu 6 daqiqa davom etgan uchrashuvda 4:6, 1:6 hisobida yutqazib qo'ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar