11 mar 13:48
Yangiliklar
Tennis

SHaripova Xitoydagi turnirning saralashida ikki g'alabaga erishdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning SHenjen shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz o'z ishtirokini saralash bahslaridan boshladi. Saralash turnirining oltinchi raketkasi bo'lgan Sabina dastlabki ikki uchrashuvda g'alabaga erishdi.
SHaripova avvaliga xitoylik Jiksi Luni 6:0, 6:1, keyin esa yana bir mezbon tennischi Sun Xi Lyuni 6:7(3:7), 6:3, 6:2 hisobida taslim etdi. Endi vakilamiz asosiy to'rga chiqish uchun germaniyalik Sara-Rebekka Sekulichga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar