08 sen 09:40
Yangiliklar
Tennis

SHaripovaning bugun “Katta Dubulg'a” turnirlarining 4 karra g'olibasi bilan uchrashadi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Xitoyning Dalyan shahrida o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 115 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz bugun chorak final uchrashuvida rossiyalik kuchli tennischiga qarshi kortga chiqadi.
Uning raqibasi “Katta
Dubulg'a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 4 karra g'olibasi, Olimpiada-2008
vice-chempioni Vera Zvonareva bo'ladi. SHaripova dunyo reytingida 159, Zvonareva
esa 623-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar