12 apr 09:05
Yangiliklar
Tennis

SHaripovaning ikkinchi davradagi raqibasi malum
Turkiyaning Istanbul shahrida mukofot jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Lale Cup nomini olgan musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Hamyurtimiz ushbu turnirning ikkinchi raketkasi sifatida qayd etilgan.
Kecha SHaripova asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan mezbon tennischi Pemra Ozgenni 6:4, 6:2 hisobida mag'lub etib, o'tgan haftadagi mag'lubiyat uchun revansh olgandi.
Kecha kunning yarmida hamyurtimizning ikkinchi davadagi raqibasi malum bo'ldi. SHaripova chorak final chiptasi uchun yana bir turkiyalik tennischi Ayla Aksuga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar