22 iyu 12:01
Yangiliklar
Tennis
SHaripovaning Moskva turniridagi ikkinchi raqibasi malum
Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming dollardan iborat turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Musobaqaning birinchi raqamli tennischisi sifatida qayd etilgan Sabina SHaripova bugun ikkinchi davra uchrashuvini o'tkazadi. Hamyurtimizning bu galgi raqibasi ham mezbon raketka ustasi bo'ladi.
SHaripova chorak final chiptasi uchun rossiyalik Alina Silichga qarshi kortga chiqadi. Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan Silich ilk bosqichda serbiyalik Vesna Doloncni 7:5, 3:6, 6:3 hisobida mag'lub etgandi.
Eslatib o'tamiz, Sabina SHaripova 2 soatu 43 daqiqa davom ilk bosqich uchrashuvida rossiyalik Karin Sarkisovani 6:4, 6:7(5), 6:4 hisobida taslim etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar