23 noy 08:37
Yangiliklar
Tennis

SHaripovaning Mumbaydagi raqibasi dunyoning sobiq 12-raketkasi!
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Hindistonning Mumbay shahrida o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti.
Hamyurtimiz “CHellenjer” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg'armasi 115 000 dollardan iborat ushbu musobaqaning chorak finaligacha bo'lgan ikkita uchrashuvda turnirning sakkizinchi raketkasi rossiyalik Irina Xromachyova hamda vengriyalik Fanni Stollarni mag'lubiyatga uchratgandi.
Ertaga Sabina chorak final uchrashuvida turnirning uchinchi raketkasi belgiyalik Yanina Vikmayerga qarshi kortga chiqadi. 28 yoshli Yanina o'z vaqtida dunyoning 12-raketkasiga aylangan edi.
Taqqoslash uchun, Vikmayer ayni paytda dunyo reytingida 115, SHaripova esa 186-o'rinni egallab turibdi. Ertangi bahs bizning vaqt bilan soat 10:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar