19 okt 11:45
Yangiliklar
Tennis

SHaripovaning Sujou turniridagi kutilmagan mag'lubiyati
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning Sujou shahrida davom etayotgan turnirda ishtirok etyapti.
Hamyurtimiz yakkalik bahslarining ilk davrasida Xitoy Taypeyi vakilasi CHang Kay-CHenga qarshi kortga chiqdi. Turnirda sakkizinchi raqam ostida tasniflangan tennischimiz kutilmaganda raqibasi 6:7(6), 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Endi Sabina bor etiborini juftliklar bellashuvidagi ishtirokiga qaratadi. Kecha SHaripova ilk davrada amerikalik dugonasi Kako Jakyulin bilan birga tailandliklar tennischilar – Nicha Lertpitaksinchay hamda Pingtarn Plipuech hamkorligini ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida mag'lub etishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar