01 mar 15:46
Yangiliklar
Tennis

SHaripovaning Xitoy turniri chorak finaldagi raqibi malum
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning Ksiamen shahri mezbonlik qilayotgan turnirda ikkinchi g'alabasiga erishgandi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. SHaripova ushbu turnirning birinchi raqamli tennischisi sifatida harakat qilyapti. Bundan bir necha daqiqa avval Sabinaning chorak finaldagi raqibi malum bo'ldi.
SHaripovaga ertaga o'tkaziladigan uchrashuvda xitoylik Ao Gai raqiblik qiladi. U bugun vatandoshi SHuyu Mani 5:7, 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Hamyurtimiz dunyo reytingida 191, Gai esa 539-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar