03 mar 11:59
Yangiliklar
Tennis

SHaripovaning Xitoy turniri finalidagi raqibasi malum
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning Ksiamen shahri mezbonlik qilayotgan turnirning finaliga yo'llanma olgan edi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. SHaripova ushbu turnirning birinchi raqamli tennischisi sifatida harakat qilyapti. Bundan bir necha daqiqa avval Sabinaning finaldagi raqibasi malum bo'ldi.
Xtoylik tennischilar - Kay Lin CHjang va Ksinyu Gao o'rtasidagi ikkinchi yarim final uchrashuvida ikkinchi raqam ostida tasniflangan Gao dugonasiga bitta ham geymni bermadi - 6:0, 6:0.
Taqqoslash uchun, hamyurtimiz dunyo reytingida 191, 20 yoshli Gao esa 213-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar