14 apr 16:58
Yangiliklar
Tennis
SHarma va Xivs Bogota turniri juftligida tengsiz bo'lishdi
Kolumbiyaning Bogota shahrida o'tkazilayotgan WTA turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Musobaqaning juftliklar o'rtasidagi bahslarida g'olibalar nomi malum bo'ldi. Hal qiluvchi final uchrashuvida avstraliyalik Astra SHarma va Zoui Xivs amerikaliklar - Xeyli Karter va Ena SHibaxaraga qarshi kortga chiqishdi.
Ellik uch daqiqa davom etgan uchrashuvda Yashil qita vakilalari raqibalariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi - 6/1, 6/2! Claro Open Colsanitas turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Astra va Zouiga 280 reyting ochkosi hamda 12 300 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar