So’nggi yangiliklar

19:23Арбелоанинг муваффақият сири: Гвардиола, Моуриньо ва Симеоне устидан ғалабалар ҳақида 0 19:02Дана Уайт: "Бу ахлат билан шуғулланадиган бошқа одамлар бор, мен эмас!" 0 18:41"Абсурд" — Ренато Мойкано Евлоев - Мёрфи жанги натижасини танқид қилди 0 18:20"Қайтиш истагим йўқ эди". Фьюри Маҳмудов билан бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 17:59"МЮ чемпионлик учун курашарди!" — Майкл Оуэн Кэррикнинг ишига юқори баҳо берди 0 17:38Евлоев Волкановскига жавоб берди: "Сени енгиш учун менга кураш керак эмас!" 0 17:17Холлоуэй Макгрегор билан иккинчи жангни хоҳламоқда 0 16:56Лерон Мёрфи Диего Лопесга "вызов" ташлади 0 16:35"Бир вақтнинг ўзида "Атлетико"ни ҳам бошқараман!" — Клопп "Реал" ҳақидаги миш-мишларга кескин жавоб берди 0 16:14Алекс Волкановски Евлоевга қарши эҳтимолий жанг муддатини айтди 0 15:53Жон Жонс: "Россия янги ўғил асраб олди" 0 15:32Дана Уайт Жон Жонснинг янги баёнотига кескин жавоб қайтарди 0 15:11Гвардиола Европанинг энг кучли уч жамоасини айтди: "Арсенал" ҳам рўйхатда! 0 14:5019 ёшли аёл боксчи нокаутдан сўнг сунъий комага ўтказилди 0 14:29Мовсар Евлоев Волкановски билан UFC чемпионлик жанги учун қачон тайёр бўлишини айтди 0

14 mar 19:18
Yangiliklar

Boshqalar

SHavkat Mirziyoev ertaga ochiladigan "Humo Arena"ni borib ko'rdi FOTO

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 14 mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko'zdan kechirdi.

Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari dastlab Tashkent City xalqaro biznes markaziga tashrif buyurib, kongress-xoll va besh yulduzli mehmonxona barpo etilish jarayoni bilan tanishdi.

Mazkur inshootlar qurilishi o'tgan yil mart oyida boshlangan bo'lib, bugungi kunda muhtasham kongress-xoll va 21 qavatli mehmonxonaning beton-karkas ishlari nihoyasiga etgan. Hozirda metall konstrukciyalar va kommunikaciyalarni montaj qilish, tom yopish, tashqi pardozlash ishlari olib borilmoqda. 

Prezidentimizga kongress-xollning fasadi, xonalari va yo'laklarining ko'rinishiga doir loyihalar namoyish etildi.   

Malumki, Tashkent City biznes-markazlar, mehmonxonalar, ofislar, ko'p qavatli uylar, restoranlar va boshqa obektlarni o'z ichiga olgan zamonaviy kompleks bo'ladi. Kelgusida bu erda oliy darajadagi tadbirlar, yirik xalqaro anjumanlar o'tkaziladi.

SHavkat Mirziyoev kongress-xollning asosiy zali, har bir xonasini ko'zdan kechirib, ularning qanday bezatilishi va jihozlanishi, mehmonlar uchun qanday sharoitlar yaratilishi bilan qiziqdi. Xalqaro sammitlar chog'ida ko'plab delegaciyalar qatnashishini inobatga olib, yukori martabali mehmonlar va ishtirokchilarning harakatlanishi, ikki va ko'p tomonlama uchrashuvlar o'tkazishi, dam olishi uchun keng qulayliklar yaratish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Kongress-xollning birinchi qavati zamonaviy dizaynda, ikkinchi qavati esa klassik uslubda bo'lishi zarurligini takidladi. Yo'laklarni yurtimiz rassomlarining eng sara asarlari bilan bezatishni taklif qildi. 

Mazkur kongress-xoll yonida qurilgan mehmonxonaga oid loyihalar ham namoyish etildi.

SHu bilan birga, Prezident Tashkent City yaqinida qad ko'targan “Humo Arena” muz saroyida olib borilayotgan so'nggi pardozlash ishlarini ko'zdan kechirdi. 


Davlatimiz rahbari 2017 yil 3 fevral kuni ushbu majmua loyihasini maqullab, uning qurilishiga tamal toshi qo'ygan edi. O'tgan qisqa davrda mamlakatimiz shaharsozligida yangilik bo'lgan ko'p tarmoqli sport majmuasi bunyod etildi.

Majmua Toshkent shahrining Olmazor va Beshyog'och ko'chalari kesishmasida, 9 gektar maydonda qurilgan. Zamonaviy muhandislik texnologiyalarini uyg'unlashtirgan “Humo Arena” majmuasidan 12,5 ming o'rinli ko'p tarmoqli muz arenasi, 200 o'rinli mashg'ulotlar maydoni, trenajyor zali, sport muzeyi va ko'plab boshqa obektlar o'rin olgan. 



Har biri 60x30 metr o'lchamdagi asosiy va mashq maydonlari musobaqalarni xalqaro talablar darajasida o'tkazish, yoshlarni sport bilan shug'ullantirish uchun yaxshi imkoniyat beradi. 

Mobil o'rindiqlar sport musobaqalaridan bo'sh paytda ommaviy tadbirlarni o'tkazishga ham moslasha oladi. Bu erda xokkey, short-trek, figurali uchish, kyorling bilan birga basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boshqa turdagi bellashuvlar o'tkazish mumkin. Bundan tashqari, bayram tadbirlari, koncertlar, ko'rgazma va forumlar tashkil etish uchun ham sharoit yaratilgan. 

Yangi majmua mamlakatimizda sportni rivojlantirish, uning qishki turlarini ommalashtirish, sportchilar tayyorlashni yangi, xalqaro darajaga olib chiqish borasidagi ishlarga kuchli surat bag'ishlaydi.

Prezidentimiz majmuadan samarali foydalanish, ommaviy tadbirlar vaqtida fuqarolar xavfsizligini taminlash, inshoot atrofini obodonlashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.

OLAMSPORT.COM sayti xodimlari avvalroq arenadan videoreportaj tayyorlagandilar. 

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing