14 iyu 17:10
Yangiliklar
Futbol

SHavkat Mirziyoev JCH-2018 ochilish marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga etib bordi
O'zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan futbol bo'yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyurdi.
“Vnukovo-2” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari futbol bayramiga xos ko'tarinki muhitda kutib olindi.
Taomilga ko'ra, Prezidentimizni futbol bo'yicha 2018 yilgi jahon chempionatining ramzi – bo'ri “Zabivaka” qarshi oldi.
SHavkat Mirziyoev “Mundial”ning rasmiy to'piga dastxat qo'ydi.
Davlatimiz rahbari o'g'li Miralisher va nabirasi Miromon bilan bo'ri “Zabivaka” yonida suratga tushdi.
Havola :
Manba : president.uz
Fikrlar