So’nggi yangiliklar

19:23Арбелоанинг муваффақият сири: Гвардиола, Моуриньо ва Симеоне устидан ғалабалар ҳақида 0 19:02Дана Уайт: "Бу ахлат билан шуғулланадиган бошқа одамлар бор, мен эмас!" 0 18:41"Абсурд" — Ренато Мойкано Евлоев - Мёрфи жанги натижасини танқид қилди 0 18:20"Қайтиш истагим йўқ эди". Фьюри Маҳмудов билан бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 17:59"МЮ чемпионлик учун курашарди!" — Майкл Оуэн Кэррикнинг ишига юқори баҳо берди 0 17:38Евлоев Волкановскига жавоб берди: "Сени енгиш учун менга кураш керак эмас!" 0 17:17Холлоуэй Макгрегор билан иккинчи жангни хоҳламоқда 0 16:56Лерон Мёрфи Диего Лопесга "вызов" ташлади 0 16:35"Бир вақтнинг ўзида "Атлетико"ни ҳам бошқараман!" — Клопп "Реал" ҳақидаги миш-мишларга кескин жавоб берди 0 16:14Алекс Волкановски Евлоевга қарши эҳтимолий жанг муддатини айтди 0 15:53Жон Жонс: "Россия янги ўғил асраб олди" 0 15:32Дана Уайт Жон Жонснинг янги баёнотига кескин жавоб қайтарди 0 15:11Гвардиола Европанинг энг кучли уч жамоасини айтди: "Арсенал" ҳам рўйхатда! 0 14:5019 ёшли аёл боксчи нокаутдан сўнг сунъий комага ўтказилди 0 14:29Мовсар Евлоев Волкановски билан UFC чемпионлик жанги учун қачон тайёр бўлишини айтди 0

27 iyu 16:16
Yangiliklar

Boshqalar

SHavkat Mirziyoev Ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Ommaviy axborot vositalari kuni musnosabati bilan ushbu kasb egalarini tabrikladi.

Qadrli do'stlar!

Avvalambor, siz, azizlarni, soha rivojiga munosib hissa qo'shgan muhtaram faxriylarimizni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etish, barchangizga chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildirish menga katta mamnuniyat bag'ishlaydi.

Jamiyatimizda demokratik qadriyatlarni qaror toptirish, fuqarolarimizning axborot sohasidagi konstituciyaviy huquqlarini taminlash, dunyoda va mamlakatimizda sodir bo'layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy malumotlar etkazish borasida siz, matbuot ahlining fidokorona mehnat qilayotganingizni xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

Sizlar kabi ming-minglab olijanob kasb egalarining say-harakatlari, istedod va mahorati bilan mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xalqimiz hayotiga, uning quvonch va tashvishlariga tobora yaqin bo'lib, O'zbekistonning yangi, demokratik qiyofasini shakllantirishda g'oyat muhim rol o'ynamoqda.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining soni qariyb 4 barobar ko'payib, 1500 taga etgani ushbu tarmoqda o'sish, o'zgarish jarayonlari izchil davom etayotganidan dalolat beradi.

Eng muhimi, soha rivojida ana shunday miqdor o'zgarishlari bilan birga sifat o'zgarishlari ham yuz bermoqda. Buning tasdig'ini milliy media maydonimizda fuqarolik jamiyatining muhim sharti bo'lgan nodavlat ommaviy axborot vositalari tarmog'i kengayib, samarali faoliyat ko'rsatayotgani, internet jurnalistikasi jadal rivojlanib borayotgani misolida yaqqol ko'rish mumkin.

Keyingi paytda ommaviy axborot vositalari xodimlarining demokratik jarayonlar, fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi o'rni va nufuzini, mahalliy gazetalar, tele-radiokanallarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, eng asosiysi, matbuotda fikrlar, qarashlar xilma-xilligini taminlash bo'yicha jiddiy ishlar amalga oshirilgani sizlarga yaxshi malum, albatta.

Gazetalarimiz, tele-radiokanallarimizda oshkoralik, tahlil va xolis tanqid ruhi kuchaygani, bevosita xorijiy mamlakatlardan tayyorlanayotgan materiallar soni ortib borayotganini biz har tomonlama qo'llab-quvvatlaymiz.

Bugun biz dunyodagi uzoq-yaqin davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlab, yurtimizdagi demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirishga intilar ekanmiz, boshqa sohalar qatori ommaviy axborot vositalari faoliyati bo'yicha ham hali ko'p ish qilishimiz kerakligini yaxshi tushunamiz. Ommaviy axborot vositalari so'zda emas, amalda “to'rtinchi hokimiyat” darajasiga ko'tarilishi zarur. Bu – zamon talabi, islohotlarimiz talabi. 

Birinchi navbatda media tarmoqlari faoliyati samarasini oshirish, ularni xalq bilan muloqotning ishonchli vositasiga aylantirish, zamonaviy axborot xizmatlari bozorini, sog'lom raqobat muhitini shakllantirish singari dolzarb masalalar doimiy etiborimiz markazida bo'lishi kerak. 

SHu maqsadda parlamentimiz tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga axborot sohasini yanada demokratlashtirish va rivojlantirishga qaratilgan o'zgartish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha faol ish olib borilayotgani ayniqsa etiborlidir.

Bu borada O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, qalam haqi miqdorini oshirish, ijodiy jamoalar bilan yirik kompaniyalar va xo'jalik birlashmalari, banklar o'rtasida “do'stlar klublari”ni tashkil etishga qaratilgan amaliy ishlarimizni takidlash lozim.

Ommaviy axborot vositalari uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yaqinda katta umidlar bilan O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikaciyalar universitetini tashkil etganimizdan xabaringiz bor. 

Ushbu oliy talim maskani sohada erishilgan yutuqlarni har tomonlama o'rganish, jurnalistika fani, uning ilmiy-nazariy asoslarini, zamonaviy mediatexnologiyalarni chuqur o'zlashtirish, xalqaro standartlar darajasidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlash imkonini beradi.

Hech shubhasiz, ommaviy axborot vositalari sohasida amalga oshirilayotgan ana shunday ishlarning barchasi O'zbekiston jurnalistikasining jahon axborot maydonida munosib o'rin egallashi uchun mustahkam poydevor yaratadi.


Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Hozirgi vaqtda hayotimizda amalga oshirilayotgan modernizaciya va yangilanish jarayonlarining tub mohiyatini xalqimizga etkazish, odamlarni yangi marralar sari safarbar etish, oldimizga qo'ygan vazifalarni sifatli amalga oshirishda sizlarning tasirchan so'zingiz, faol grajdanlik poziciyangiz suv bilan havodek zarur.

Haqiqatan ham, har qanday murakkab sharoitda ham adolat tamoyiliga, o'zining hayotiy va ijodiy principlariga sodiq qolish, odamlarni qiynayotgan kamchilik va muammolarni dadillik bilan ko'tarib chiqish, ularni bartaraf etish uchun jamoatchilik fikrini shakllantirishga, avvalo, sizlar kabi manaviy jasorat egalarigina qodir bo'ladi. 

Biz jamiyatimizda oshkoralik, adolat va qonun ustuvorligini taminlashda, huquqiy demokratik davlat asoslarini mustahkamlashda sizlarga, sizlarning bilim va istedodingizga tayanamiz. 

Ayniqsa, hayot va kasb tajribangizni yoshlarga o'rgatish, ularni zamonaviy fikrlaydigan, Vatan va xalq manfaatini muqaddas deb biladigan, sog'lom va barkamol insonlar etib tarbiyalashda ko'pchilikka o'rnak va namuna bo'lasizlar, deb ishonaman.

O'z-o'zidan ravshanki, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlarining ish va turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning mashaqqatli va masuliyatli mehnatini munosib baholash va rag'batlantirish, soha rivojiga etibor va g'amxo'rlik ko'rsatish bundan buyon ham biz uchun ustuvor vazifa bo'lib qoladi.


Aziz va muhtaram do'stlar!

Sizlarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.


SHavkat Mirziyoev,

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing