So’nggi yangiliklar

17:28Роландо Ромеро ўз камарини Теофимо Лопесдан ҳимоя қилади 0 16:55Нурсултон Рўзибоев Рамзан Қодиров совға қилган қимматбаҳо автомобилни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 16:22"Ҳусанов "Ланс"га учаётганида: "Мени Россияга сотишади деб ўйлагандим", – дея тан олган эди" 0 15:56Хорхе Масвидаль: "Холлоуэйнинг ғалабасига уйимни тикаман" 0 15:30Махачев Россиянинг ММА рейтингидаги етакчилигига муносабат билдирди 0 14:58Конор Макгрегор: "Ҳозир фаолиятимнинг энг юқори чўққисидаман, Холлоуэйни нокаут қиламан" 0 14:34Возинья Лионель Месси билан бир жамоада бўлиши мумкин — Marca 0 14:11"Ferrari" ва "Honda Civic". UFC жангчиси Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:45Хабиб Аргентина терма жамоаси ҳақида: "Улар менга ёқмайди, лекин..." 0 13:20Умар Кремлёв: "ХОҚда бошқа чора қолмаганди" 0 12:52ЖЧ-2026`да яна бир рекорд қайд этилди 0 12:28Шанхайдаги UFC Fight Night 286 турнирининг иккинчи муҳим жанги эълон қилинди 0 11:57Макгрегор UFC 329 жанги учун янги номдаги шортиларни қабул қилиб олди + ФОТО 0 11:30Нурмагомедовнинг Шанхайдаги жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 10:56"Улар Мессининг чиқиб кетишини хоҳлашмаяпти". Миср мураббийи ФИФАни айблади 0

27 jan 18:21
Yangiliklar

Futbol

SHavkat Mirziyoev Osiyo chempioni bo'lgan futbolchilarimizni tabrikladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Xitoyda o'tkazilgan Osiyo chempionatida chempion bo'lgan futbolchilarimizni tabrikladi.

Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib o'tgan futbol bo'yicha
23 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati g'oliblari – O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolariga

Aziz farzandlarim!

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Barchangizni futbol bo'yicha Yoshlar o'rtasida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatining final o'yinida g'oyat og'ir va noqulay ob-havo sharoitida tom manoda matonat va jasorat namunasini namoyon etib, g'oliblikni qo'lga kiritganingiz bilan o'z nomimdan, ko'pmillatli xalqimiz nomidan samimiy muborakbod etaman.
Sizlar qo'lga kiritgan mislsiz bu g'alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch bag'ishlab, O'zbekiston yoshlarining qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir bor ko'rsatdi. Bu ulkan zafar, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi millionlab yoshlarni mardlik va matonat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga ulkan hissa qo'shadi.
El-yurtimiz sizlar kabi mard va jasur, fidoyi o'g'lonlari bilan, yurtimizning haqiqiy qahramonlari bilan faxrlanadi.
Barchangizni bag'rimga bosib, sizlarga sihat-salomatlik, kuch-g'ayrat, jonajon O'zbekistonimizning shon-shuhratini dunyoga tarannum etishda doimo yutuq va zafarlar yor bo'lishini tilayman.

SHavkat Mirziyoev
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti



Reyting: +6   

Fikrlar

+1   
27 jan 18:24:59
Husniddin Mirzaliyev
Olg'a O'zbekiston!!!
   
30 jan 21:48:14
♥♥♥BOKS UZB♥♥♥
Yashavor UZB seni O'g'loningman seni SEVAMAN senga jonim fido
   
28 jan 12:59:30
Shahzod Xojayli
Omad yor bolsin bundan buyog'igayam olg'a ozbegim
   
28 jan 04:04:55
Mirzaev Abdusalom
ШАВКАТ МИРОМОНОВИЧ ГАЛАБА МУБОРАК ! БУ ХУДО ХОХЛАСА БОШЛАНИШИ.
   
27 jan 18:29:57
Ilhomjon Abdujalilov
ВАТАНИМИЗ, ФУТБОЛИМИЗ РИВОЖЛАНАВЕРСИН, ЮРТИМИЗ ТИНЧ ОСМОНИМИЗ МУСАФФО БЎЛСИН!!!!!!!!!!!!!!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing