So’nggi yangiliklar

19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0

19 avg 22:45
Yangiliklar

Boshqalar

SHavkat Mirziyoev Turkiyadagi Islom birdamligi o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O'zbekiston delegaciyasiga tabrik yo'lladi

Turkiyaning Ko'nyo shahrida o'tkazilgan beshinchi Islom birdamligi o'yinlarida ishtirok etgan O'zbekiston sport delegaciyasi azolariga

Qadrli sportchi va murabbiylar!

Muhtaram yurtdoshlar!

Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Turkiya Respublikasining Ko'nyo shahrida o'tkazilgan beshinchi Islom birdamligi o'yinlarida munosib ishtirok etib, yuksak natijalarni qo'lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Jonajon Vatanimizda milliy mustaqilligimizning o'ttiz bir yillik shonli sanasiga bag'ishlab katta tayyorgarlik ishlari olib borilayotgan ushbu shukuhli damlarda sizlarning keskin kurashlarda kechgan bellashuvlarda erishgan yutuqlaringiz el-yurtimiz uchun munosib bayram sovg'asi bo'ldi.

Har to'rt yilda bir marta o'tkaziladigan mazkur nufuzli sport anjumanida yurtdoshlarimiz sizlarning har bir chiqishingizni ommaviy axborot vositalari va Internet orqali katta qiziqish
va hayajon bilan kuzatib bordi. Butun O'zbekiston sizlarni qo'llab-quvvatlab, Yaratgandan omad va zafarlar tiladi.  

Dunyoning 56 ta davlatidan 4200 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqalarda milliy terma jamoamiz azolari ulkan mahorat, g'ayrat va matonatini, g'alabaga bo'lgan yuksak intilish
va irodasini namoyon etib, 51 ta oltin, 42 ta kumush va 65 ta bronza medalini qo'lga kiritganlari har qanday tahsinga sazovordir.  

Ayniqsa, O'zbekiston vakillari Eron, Ozarbayjon, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Qozog'iston, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Kuvayt kabi sport sohasida rivojlangan davlatlarni ortda qoldirib, umumjamoa hisobida Turkiya Respublikasidan keyin faxrli ikkinchi o'rinni egallaganlari mamlakatimiz sportida yana bir yorqin sahifa bo'ldi.

O'zbek sportining iftixori bo'lgan Ruslan Nuriddinov, Akbar Jo'raev, Sarvarbek Zafarjonov, Tursunoy Jabborova og'ir atletika, Olga Zabelinskaya velosport musobaqalarida uchtadan oltin medalni qo'lga kiritgani sport tarixida kamdan-kam uchraydigan noyob hodisadir.

Bo'lib o'tgan qizg'in bellashuvlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Ulug'bek Rashidov, Adhamjon Ergashev, Safina Sadullaeva, Diyora Keldiyorova, SHarifa Davronova va boshqa sportchilarimizning istedodi, mahorati va qobiliyatiga barcha sport muxlislari yana bir bor tan berdi.

Ushbu musobaqalarda O'zbekiston paralimpiyachilari ham yuksak jasorat va matonat namunalarini ko'rsatganlarini alohida takidlash lozim. Ayniqsa, Azizbek Boynazarov, Omadbek Hasanov, Sultonbek Nuriddinov, Baxtiyor Ortiqov, Rasul Atamuratov kabi sportchilarimiz haqiqiy fidoyilik fazilatlarini namoyon etib, milliy jamoamizning muvaffaqiyatiga munosib hissa qo'shdilar.

Azmu shijoatli o'g'il-qizlarimiz og'ir atletika, dzyudo bo'yicha tengsiz, qilichbozlik, taekvondo, sport kurashlari, suzish musobaqalarida esa etakchilar safida ekanlarini amalda isbotladilar.

Qadimiy Ko'nyo zaminida erishilgan bunday yutuqlar biz uchun ulkan ahamiyatga ega bo'lib, sizlar shu tariqa milliy sport maktabimizning shon-shuhratini, O'zbekiston yoshlarining qanday buyuk ishlarga qodir ekanini jahonga namoyon etdingiz.

Hech shubhasiz, sizlarning Islom birdamligi o'yinlarida Vatanimiz bayrog'ini baland ko'tarib, yuksak shohsupalarni zabt etganingiz mamlakatimizda sog'lom va  barkamol avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish maqsadida olib borayotgan keng ko'lamli islohotlarimizning yana bir amaliy natijasi sifatida ko'pmillatli xalqimizni behad quvontiradi, barchamizga g'urur va iftixor bag'ishlaydi.  

Fursatdan foydalanib, sizlar kabi yurtimizga mehr va sadoqat bilan yashaydigan, vatanparvar va salohiyatli yoshlarni tarbiyalab voyaga etkazgani uchun ota-onalaringizga, yoningizda turib, erishilgan yutuqlarni taminlashga munosib hissa qo'shgan zahmatkash ustoz va murabbiylaringizga o'z nomimdan, xalqimiz nomidan chin dildan tashakkur izhor etaman.

Yirik xalqaro sport bellashuvi – Islom birdamligi o'yinlarida qo'lga kiritgan tarixiy natijalaringiz bilan sizlarni yana bir bor samimiy qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatingizda yangi-yangi zafarlar, oilalaringizga baxtu saodat, fayz-baraka tilayman.

Doimo baxtingiz, omadingizni bersin, aziz farzandlarim!

 

SHavkat Mirziyoev

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing